Leader Online

Bola nima uchun o‘qishga qiynaladi?

Barchamiz bolaning aqliy faoliyati oʻz-oʻzidan maktabda oʻqish davrida rivojlanadi va shakllanadi,- degan fikrga tayanib qolganmiz. Afsuski, ko‘pgina bolalarda oʻqishning birinchi kunidanoq   muammolar kelib chiqadi va vaqt oʻtishi bilan ham bu muammo yo‘qolmaydi. Buning sababi shundaki-maktab tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bolaning asab tizimlari imkoniyati bir-biriga qarshi kelishidadir. Oʻtgan asrning mashhur olimi Aleksandr Romanovich Luriya  miyaning tizimli funksiyasi modelini yaratgan. Ushbu modelga koʻra, miyada uchta asosiy blok bo‘lib, ularning har biri psixik faoliyatda oʻz roliga ega.

Oʻqish jarayonida bu bloklar qanday jarayonlar bilan bogliqligini koʻrib chiqamiz.

1. Miyaning birinchi bloki energetikali hisoblanadi. U bosh miyaning umumiy va lokal faolligini taʼminlaydi.

Mazkur blokning nozik tomonini uyqu bilan tenglashtirish mumkin. Tasavvur qiling, Siz uxlashni hohlayapsiz, lekin Siz zerikarli va murakkab fandan yangi mavzuni yodlashingiz kerak.  Ayniqsa, ertalab nonushta qilmagan boʻlsangiz va, dars esa, jadval bo‘yicha oltinchi soatda bo‘lsa.

Shuning uchun bolaning yaxshi uxlashi (uyqusi bo‘linmasdan), to‘laqonli ovqatlanishi va kichik yoshdan boshlab sport bilan shugʻullanishi katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi bolaning organizmini energiya bilan taʼminlaydi.

2. Miyaning ikkinchi bloki – operatsional deb nomlanadi. U oʻzida asosiy muhim markaziy analizatorlar: koʻrish, eshitish, teri-kinestetikani jamlaydi, shuningdek, axborotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashda ishtirok etadi.

Bu darajadagi “uzilishlar” turli muammolar bilan bogliq. Masalan, bola oʻquv materialini eshitish orqali qabul qilishda qiynaladi, shu sababli turli diktantlar va audio darslar u uchun juda ogʻir kechadi. Matematika fanidan esa, fazoda koʻrish orqali axborotni qayta ishlash qiyinchilik va muammo tugʻdiradi.

Miyaning ikkinchi blokidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini tushungandan so‘ng bolaning nimaga koʻproq qiziqishi, nimalarga qiyinchilik bilan erishishini bilib olish mumkin. Shundan soʻng mos keluvchi darslarni tanlash va o‘quvchini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ishlash mumkin.

Bunday muammolar maktabgacha  yoki boshlangich maktab yoshida yuzaga kelsa, yordam uchun nevropatolog yoki neyropsixologga murojaat qilish kerak.

3. Uchinchi blok – dasturlash, muvofiqlashtirish va oʻz faoliyatini nazorat qilish bloki. U bizga rejalar tuzish va uni amalga oshirish uchun harakat qilish imkonini beradi. Ushbu blokning zaifligi o‘z-o‘zini boshqarishdagi qiyinchiliklarda, impulsivlik, faoliyatni soddalashtirish tendentsiyasida namoyon bo‘ladi – bularning barchasi bola o‘rganilayotgan materialga diqqatini jamlay olmasligiga olib keladi. Agar bu material unga qiziq bo‘lmasa, topshiriqlarda harakatlarni o‘tkazib yuboradi, diktant yozish vaqtida harflarni tushurib qo‘yadi, boshlagan ishini tugatmaydi.

Uchinchi blokni rivojlantirish  va mashq qilish uchun harakatli o‘yinlar, ob‘ektlarning turli xususiyatlariga e’tiborni almashtiruvchi o‘yinlar, tirishqoqlik  va diqqatni jamlash uchun mashg‘ulotlar tavsiya etiladi.

Bolaning diqqatini jamlay olmaslik holati uzoq davom etsa, nevropatolog yoki neyropsixologga murojaat qilish kerak.

“Leader Online” – pedagogika sohasida dunyodagi eng yaxshi metodlarni zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtira olgan maktab.

MUROJAAT QILISH

Manzilimiz: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Jiydazor koʻchasi, 3-uy.
+998(78)113-70-01