Leader Online

Oilaviy madaniyat va uni qanday shakllantirish kerak

Bolalarning kelajakda omadli boʻlishlari uchun oilada sevgi, muhabbat, iliqlik, oʻzaro bir-birini tushunish va hurmat muhitini yaratish juda muhim va kerakli vazifalardan biri. Bunda bog‘lovchi ip bo‘lib his-tuygʻular rol o‘ynaydi va aynan ular axloqiy qadriyatlarning shakllanishiga asos boʻladi. Inson yaqin insonlarning yonida sevgi, muhabbat, ishonch va hurmatga oʻrganadi.

Leader Online onlayn maktabiga kirishni xohlaysizmi?

BIZ BILAN BOG‘LANING

Ular Sizning oilangizda shakllanib boʻlgan boʻlishi mumkin. lekin uni doimo yangilab borish imkoniyati bor. Masalan, oiladagi buvijon yoki buvajondan kunning hayrli, barokatli o‘tishini tilab o‘qilgan duo. Bu vaqtda ota-onalarning ham bo‘lishi muhim.

Ular doimo o‘tkaziladi, lekin bu jarayonga biz bolalarni kichkina deb hisoblab, jalb qilmaymiz. Shuni ta’kidlash joizki, oilaviy tadbirlarni muhokama qilish jarayonida bolaning ishtirok etishi uning voqealar ichida boʻlishiga va oʻzini oila aʼzosi deb his qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy maslahat jarayonida bolaga ham aniq topshiriqlarni berish va uning fikrlarini so‘rash unga oʻzining kerakliligini, uni eshitayotganliklarini va oilaga foydasi tegayotganligini his qilishga yordam beradi.

Ota-onalar (bobo va buvilar)ning bolalik davridagi xotiralari, ularning hayotidan hikoya va voqealar aytib berish axloqiy qadriyatlar mazmunida: to‘g‘ri qaror tanlash yoki hayotdagi xato yoki omadsizliklar natijasida olingan saboqlar bolalarda o‘ziga ishonch ortishiga, hayotga optimizm bilan qarashga yordam beradi. 

Shu bilan birga, bola oilaviy tarixiy voqea va hikoyalar oʻzining oilasi, yaqinlari uchun faxr tuygʻularini sezadi, oʻzining avlodiga tegishli ekanligini hamda avlodning davomchisi ekanligini anglaydi.

Koʻpincha daraxt shaklida tasvirlanadigan oilaviy avlod va qarindoshchilik aloqalarini aks ettiruvchi shartli sxema. Bunday tuzilma ildizlarning ajdodlar ekanligini tushunishga yordam beradi, novdalar esa, avlod davomchilarini ushlab turuvchi avlodning asosi.

Birgalikda shajara daraxtini tuzish va oilaviy tarixni organish o‘zaro ichki tarbiyaviy oila munosabatlari va aloqalarini oʻrgatuvchi qiziqarli va ajoyib mashgʻulot. Bu jarayonda bolalarga har biri oila va jamiyat vakili sifatida oʻzining  foydali hissasini qoʻshayotganligini gapirib berish muhim.

Har bir oilada oʻzining anʼanalari bor. Uning shakli, mazmuni va qadriyatlari nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham tarbiyalashda  juda muhim o‘rin tutadi. Ular sulolalarning ajdodlari kelajak avlodlarda ko‘rishni istagan yaxshilik va yorug‘likka bo‘lgan qadriyatlarning aksi va ishonchning mustahkamlanishidir.

Farzand tug‘ilganda daraxt ekish, juma kunlari bemorlarni yo‘qlash, muhtojlarga ehson qilish, olamdan o‘tgan ota- onalarning mozorlarni ziyorat qilish go‘zal udumlarimizdan hisoblanadi.

Tavallud topgan kunida yaqinlariga ehson ulashish, mehribonlik uylari bolalariga bayram tashkil qilish, jamoatchilik tashkilotlarida mahorat darslarini oʻtish-bularning barchasi isrofgarchilik qilib yoziladigan dasturxonlarning o‘rniga o‘tkaziladi. Aynan shu yondashuv bolalikdan iste’molchi o‘rniga bolaning ijodiy rolini shakllantirishga yordam beradi.

 Oilada bajarish uchun belgilangan xulq me’yorlari. Ular oilaviy maslahatlarda ishlab chiqiladi va vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi, yangilari bilan toʻldiriladi. Shu bilan birga, har bir oila aʼzosining ehtiyojlarini bilishga, oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga va har bir oila a’zosining shaxsiy hududlarini belgilashga yordam beradi.

Qoidalarning asosi tashkiliy masalalar (qachon va qanchalik tez-tez), tartibga solish (har bir insonning huquq va majburiyatlari), uslubiy (qanday va qay shaklda) bo‘lishi mumkin. Qoidalar kattalarga farzandlariga nisbatan bo‘lgan munosabatda izchil bo‘lishga, bolalarga esa muayyan xatti-harakatlarni o‘rganishga yordam beradi.

Inson oilada keyinchalik shaxsiy hayotini tuzishda yordam beruvchi asosiy hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Agar turli avlodlar o‘zaro hurmat va do‘stlik bilan birlashsa va bola o‘rganadigan xatti-harakatlar namunalarini namoyish qilsa, bu juda yaxshi.