Leader Online

Darslar qanday oʻtiladi

Dars jadvali

Oʻzbekistondagi ilk toʻlaqonli onlayn maktab

“Leader Online” maktabida oʻquvchilarimizning samarali bilim olishlarini taʼminlash va ularga qulaylik yaratish maqsadida har hafta uchun darslarning alohida ishlab chiqilgan jadvalini taklif qilamiz.

Quyida dars jadvalining umumiy sharhi keltiriladi:

17:00. YAKSHANBA

Kelasi haftaning dars jadvali bilan tanishib chiqish. Onlayn vebinarlar jadvaliga eʼtibor qaratamiz.

09:00. DUSHANBA

Boshladik! Darslarni tavsiya qilingan jadval asosida oʻrganamiz, unda belgilangan topshiriqlarni bajaramiz.

09:00. SESHANBA – PAYSHANBA

Topshiriqlarni oʻrganamiz, daftarimizga yozib olamiz va bajaramiz! Hammaning eʼtibori darsda! Ishlar qaynaydi!

09:00. JUMA

Haftaning oxirgi ish kuni! Barchasi oʻqilgani, bajarilgani, yozib olinganiga ishonch hosil qiling.

12:00. SHANBA

Barcha topshiriq va testlarni bajarishda ularning muddatlariga rioya qiling.

Alohida maslahat olishni xohlaysizmi?

Qanday o‘qiymiz?

Videodarslarga namunalar

Проиграть видео
Проиграть видео
Проиграть видео
Проиграть видео
Проиграть видео
Проиграть видео

Vebinarlar (onlayn uchrashuvlar)

“Leader Online” platformasida sinxron vebinarlar yordamida barchaga qulay shakldagi taʼlimdan foydalaniladi.  Bu har bir oʻquvchi oʻzini koʻrsata olishi va fikrini bildirishi mumkin boʻlgan qizgʻin va interfaol oʻquv muhitini yaratadi.

Oʻqituvchi bilan bevosita muloqot qila olish orqali oʻquvchilar darhol izohlar olishlari, qoʻshimcha tushuntirishlar va oʻz savollariga batafsil javoblar olish imkoni beriladi.

Проиграть видео

Testlarni oʻyin koʻrinishida tashkil qilish

Ushbu innovatsion metodika oʻz bilimingizni sinab koʻrishga yordam berishi bilan birga, yakunida sizga ajoyib sovgʻa ham taqdim qiladi.

 

Taʼlim jarayoni qiziqarli va insonni ragʻbatlantiruvchi boʻlishi kerak, deb hisoblaymiz. Shu sababli, oʻquv jarayonlarini qiziqarli va samarali boʻlishi uchun “Leader Online” maktabi darslarda oʻyin yondashuvining elementlaridan foydalanadi. Oʻquvchilar olingan bilimlarni amalda qoʻllagan holda turli boshqotirmalar, topishmoqlar topishadi, “pazl” qismlarini toʻplashadi, tenglamalar yechib, oʻrganilayotgan mavzudagi savollarga javob berishadi. Oʻzingiz sinab koʻring!

Ijtimoiylashuv yuzma-yuz shaklda

“Leader Online” platformasid ijtimoiylashuv bola rivojlanishining muhim qismi ekanligini tushunamiz. Shuning uchun biz “Leader School” maktabida turli tadbirlarni taklif qilamiz. U yerda bolalar boshqa oʻquvchilar bilan uchrashib, muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

Farzandingiz yangi doʻstlar orttiradi, vaqtini maroqli oʻtkazadi. “Leader School” maktabi bolalarning muloqot qilishi, ularning koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻquvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam beruvchi keng koʻlamli tadbirlarni taklif etadi. Koʻnglingiz toʻq boʻlsin, farzandingiz onlayn maktabimizni umrbod eslab qolishiga ishonamiz.

Проиграть видео

Yana savollaringiz bormi?

Ularga bepul maslahat davomida javob beramiz

    maxfiylik siyosatiga roziman